Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

1-K (oylik) hisobotini har oyning 5- sanasidan kechiktirmay taqdim etishni unutmang !!!

 

Tashqi savdo

TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT

Respublikada tashqi savdo aylanmasi 2017 yil yanvar-sentyabr oyida qariyb 20,0 mlrd. AQSh dollarini, shu jumladan eksport 10,4 mlrd. AQSh dollarini va import 9,6 mlrd. AQSh dollarini tashkil qildi. Tashqi savdo aylanmasi saldosi 767,7 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. MDH davlatlari orasida Rossiya, Qozog`iston, Qirg`iziston, Ukraina va Tojikiston davlatlari, tashqi savdo aylanmasida asosiy xamkorlar hisoblanib, ularning jami tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 28,6 foizni
tashkil qiladi, boshqa davlatlar orasida Xitoy, Turkiya,Koreya Respublikasi, Germaniya, Afg`oniston, Braziliya, Xindiston, Latviya, Eron, Frantsiya, Litva, AQSh, Italiya davlatlari hisoblanadi va ularning ulushi 40,4 foizni tashkil qiladi.Oxirgi yillarda Respublikaning eksport tarkibida qariyb barcha tovarlar va xizmatlar guruhlari bo`yicha o`sish kuzatilmoqda. Transformator va akkumulyatorlar eksportining
o`tgan yilning shu davriga nisbatan 72,1 foizga va kabelli sim mahsulotlarinning 30,2 foizga o`sishi, mashina va asbob-uskunalarning 60,5 foizga o`sishiga olib keldi. Alkogolli va alkogolsiz ichimliklar eksportining o`tgan yilning shu davriga nisbatan 64,6 foizga, bug`doy - 27,1 foizga va meva-sabzavot mahsulotlari va ularni qayta ishlash 13,9 foizga o`sishi, oziq-ovqat mahsulotlari hajmini 23,5 foizga o`sishiga olib keldi. Qora va rangli metallarni o`tgan yilning shu davriga nisbatan 24,8 foizga o`sishiga, rux va undan tayyorlangan mahsulotlarni 53,5 foizga, temirdan yasalgan maxsus profillar va burchaklarni 11,1 foizga, mis va undan tayyorlangan mahsulotlarni 23,2 foizga o`sishi sabab bo`ldi. Import tarkibining umumiy xajmidan 38,7 foizni mashina va asbob-uskunalar va 17,1 foizini kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar tashkil qiladi.

TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT

Meva-sabzavot mahsulotlari
va ularni qayta ishlash eksport
xajmi 479,9 mln. AQSh dollarini
tashkil qildi yoki o`tgan yilning
shu davriga nisbatan 13,9 foizga
oshdi. Meva-sabzavot mahsulotlari
va ularni qayta ishlash
eksport xajmida 38,8 foizni meva
va rezavorlar (o`tgan yilning shu
davriga nisbatan 12,4 foizga
o`sdi), 30,4 foizni sabzavotlar
(21,9 foizga), 19,9 foizni uzum
(5,7 foiz) va 4,5 foizni meva
va sabzavotlarni qayta ishlash
(83,6 foizga) tashkil qiladi.
Tashqi savdo aylanmasida
asosiy xamkor davlatlar
Qozog`iston (umumiy hajmdan
49,9 foiz), Rossiya (19,0 foiz),
Qirg`iziston (5,2 foiz), Xitoy
(5,1foiz), Afg`oniston
(5,0 foiz), Turkiya (4,5 foiz)
va Hindiston (2,0 foiz) hisoblanadi.

 To`qimachilik mahsulotlari eksporti

To`qimachilik mahsulotlari
eksport xajmi 843,2 mln. AQSh
dollarini tashkil qildi yoki o`tgan
yilning shu davriga nisbatan
27,1 foizga oshdi. To`qimachilik
mahsulotlari eksport xajmida
4,5 foizni paxta tolali ip (o`tgan
yilning shu davriga nisbatan
32,1 foizga o`sdi), 1,9 foizni
tayyor trikotaj mahsulotlari
(33,6 foizga) va 0,4 foizni paxta
tolali ip gazlamalar (21,9 foizga)
tashkil qiladi.

Davlat statistika qo’mitasi
Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo
statistikasi boshqarmasi
Nashr uchun mas’ul:
Bo’lim boshlig’i J.Yuldashev
71) 230-80-44

Tugmani bosing Tinglash