Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

1-K (oylik) hisobotini har oyning 5- sanasidan kechiktirmay taqdim etishni unutmang !!!

 

Asosiy kapitalga investitsiyalar

O‘zbekiston Respublikasida 2017 yilning yanvar-sentabr oylarida 39536,1 mlrd. so‘m asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar o‘zlashtirilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan deyarli o‘sish kuzatilmadi, aniqrog‘i 101,0 foizni tashkil qildi.

Asosiy kapitalga investitsiyalarning nisbatan katta qismi 52,6% jalb etilgan mablag`lar hisobidan amalga oshirildi. Korxona, tashkilot hamda aholining o`z mablag`lari hisobidan amalga oshirilgan investitsiyalar ulushi esa nisbatan kam ulushni 47,4%ni tashkil etdi.

Asosiy kapitalga investitsiyalarning hududiy tarkibida hamon Buxoro, Toshkent shahri va Qashqadaryo viloyatlari yetakchilik qilmoqda. Bu ko`rsatkich bo`yicha Sirdaryo va Jizzax eng oxirgi o`rinlarda qolmoqda.

O`zbekiston Respublikasi bo`yicha asosiy kapitalga investitsiyalarning asosiy qismi, ya`ni 61,1%i yangi ishlab chiqarish quvvatlari va ijtimoiy soha obyektlarini barpo etish, mavjud obyektlarni rekonstruksiya qilish bo`yicha qurilish - montaj ishlariga yo`naltirilgan. Korxona va tashkilotlarni texnik va texnologik jihatidan boyitish maqsadida asbob-uskunalarga investitsiyalar ulushi 30,1%ni tashkil etgan bo`lsa, qolgan 8,8 %i boshqa xarajatlarni tashkil etdi.

Joriy yilda nodavlat mulkchilik shaklidagi korxona va tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan investitsiyalarning ulushi O`zbekiston Respublikasi bo`yicha 4.3% punktga oshdi.

Turar-joy qurilishi, tashish va saqlash kabi faoliyat turlariga investitsiyalar ulushi joriy yilda o`tgan yil mos davridagiga nisbatan kamaygan bo`lsa, tog`-kon sanoati, ishlab chiqarish sanoati, elektr va gaz bilan ta`minlash kabi faoliyat turlariga investitsiyalar hajmi ortdi.

O`zlashtirilgan xorijiy investitsiya va kreditlarning asosiy qismini, 79,7%ini to`gridan-to`g`ri xorijiy investitsiya va kreditlar tashkil etgan bo`lsa, 18,1%ini Ozbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar va 2,2%ini boshqa investitsiya va kreditlar tashkil etdi.

Hududlar kesimidagi xorijiy investitsiya va kreditlar bo`yicha Kandim guruhi tarkibida gazni qayta ishlash zavodi kompleksi qurilayotganligi sababli Buxoro viloyati yaqqol yetakchilik qilmoqda.

Bajarilgan jami qurilish ishlari tarkibida kichik tashkilotlar va mikrofirmalarning ulushi boshqalarga nisbatan ko`proq bo`lib, jami hajmning 37,0%ini tashkil etdi, yirik qurilish pudrat tashkilotlari ulushi 33,0%ni, jismoniy shaxslar tomonidan yakka tartibdagi turar-joy qurilishi ulushi 20,9 %ni va boshqa qurilish ishlari ulushi 9,1 %ni tashkil etdi.

 

Tugmani bosing Tinglash