Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

1-K (oylik) hisobotini har oyning 5- sanasidan kechiktirmay taqdim etishni unutmang !!!

 

Raximov Alisher Ibragimovich 1981 yil 28 mayda Xorazm viloyati Urganch shahrida tug`ilgan. Ma`lumoti oliy. 2003 yil Urganch Davlat universitetini Iqtisodiyot (makroiqtisodiyot) mutaxassisligi bo`yicha, 2006 yil Toshkent Irrigatsiya va melioratsiya institutini Tarmoqlar iqtisodiyoti (magistratura) mutaxassisligi bo`yicha tamomlagan.

2003 yildan 2004 yilgacha Xorazm viloyati Iqtisodiyot bosh boshqarmasi Agrosanoat bo`limi yetakchi mutaxassisisi,

2006 yildan 2010 yilgacha Xorazm viloyati Iqtisodiyot bosh boshqarmasi Bandlik, aholi turmush darajasi va iste`mol bozori bo`limi boshlig`i,

2010 yilning 29 aprelidan Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig`ining o`rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.

O`tamuratov Asfandiyor Rustamovich 1979 yil 13 noyabrda Xorazm viloyati Gurlan tumanida tug`ilgan. Ma`lumoti oliy. 2000 yil Urganch Davlat universitetini Qurilish mutaxassisligi bo`yicha, 2002 yil Toshkent Arxitektura va qurilish institutini Tarmoqlar iqtisodiyoti (magistratura) mutaxassisligi bo`yicha tamomlagan.

2003 yildan 2008 yilgacha Xorazm viloyati Urganch shahar “Feruz-Xorazm” ochiq aksiadorlik jamiyati iqtisodchisi,

2008 yildan 2013 yilgacha Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Statistika faoliyatini tashkil etish va yig`ma ishlar bo`limi bosh mutaxassisi, bo`lim boshlig`i o`rinbosari, bo`lim boshlig`i,

2013 yilning 13 dekabridan Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig`ining birinchi o`rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.

 

O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi Hay`atining 2019 yil I yarim yillik uchun
ISH REJASI

Ko‘rib chiqiladigan masala

Ko‘rib chiqish muddati

Masalani tashkillashtirish uchun ma’sul Kengash a’zosi

Kengash qaror loyixalarini va boshqa xujjatlarni ishlab chiqaruvchi viloyat statistika boshqarmasi bo‘limlari

1.

  1. Davlat statistikasini tubdan takomillash-tirish yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlari hamda topshiriqlarida belgilab berilgan vazifalarning davlat statistika organlarida 2018 yildagi ijrosi yakunlari, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 31 iyuldagi “O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi faoliyatini takomil-lashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-3165-son Qarori doirasida amalga oshirilgan ishlar to`g`risida.
  2. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son Qarorida belgilangan vazifalarning tizim organlarida so`zsiz ijrosini ta`minlash, ijro intizomini yanada mustahkamlash bo`yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi to`g`risida.
  3. Xorijiy mamlakatlar statistika organlari bilan o`zaro hamkorlikni tashkil etish, xalqaro statistik, moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlarga statistik axborotlarni taqdim etish hamda XVJ bilan hamkorlikda k-MTUT doirasida “Yig`ma ma`lumotlar milliy sahifasini” yuritish bo`yicha 2018 yilda amalga oshirilgan ishlar holati va bu borada 2019 yildagi asosiy vazifalar to`g`risida.
  4. Davlat statistika organlari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish, statistik tadqiqot ishlarini olib borish va natijalarini amaliyotga joriy etish borasida 2018 yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi va bu borada 2019 yildagi asosiy vazifalar to`g`risida.
2019 yil
yanvar

B.Mirusmanov,

A.Ikramov,

M.Ziyadullaev,

B.G`ayibnazarov,

D.Shermatov

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomi nazorati boshqarmasi,

Statistika ishlarini tashkil etish va metodologiya boshqarmasi

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomi nazorati boshqarmasi

Axborotlarni tarqatish, xalqaro hamkorlik va axborot almashuv boshqarmasi

2.

Buxoro viloyati statistika organlarida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari hamda topshiriqlari bilan soha oldiga yuklatilgan vazifalar ijrosi holati va bu borada faoliyat samaradorligini oshirish yuzasidan rahbarlarning asosiy vazifalari to`g`risida.

(ochiq sayyor hay`at yig`ilishi)

2019 yil 
mart

M.Ziyadullaev,

K.Berdikulov

Demografiya
va mehnat statistikasi boshqarmasi,

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomi nazorati boshqarmasi,
Buxoro viloyati
statistika boshqarmasi

3.

  1. 2019 yilning I choragida davlat statistika ishlarining bajarilishi va Hukumat qarorlariga muvofiq statistika uslubiyatini takomillashtirish, boshqa davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari bilan hamkorlik qilish borasida belgilangan vazifalarning ijrosi holati to`g`risida.
  2. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining
    2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son Qarorida belgilangan vazifalarning tizim organlarida so`zsiz ijrosini ta`minlash, ijro intizomini yanada mustahkamlash bo`yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi to`g`risida.
  3. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida sinov tariqasida narx, dehqon bozorlari va uy xo`jaliklari tanlanma kuzatuvlarini planshetlar yordamida o`tkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati
    va kelgusidagi vazifalar to`g`risida.
  4. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2018 yil 27 dekabr kungi  Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida belgilangan vazifalar, jumladan Birlashgan Millatlar Tashki-loti va Xalqaro valyuta fondining Milliy hisoblar tizimi yuzasidan tavsiyalarini respublikamizda amaliyotga joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi vazifalar to`g`risida.

2019 yil
aprel

B.Mirusmanov,

A.Ikramov,

M.Ziyadullaev,

M.Umarov,

A.Mamirov

 

Statistika ishlarini tashkil etish va metodologiya boshqarmasi  

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomi nazorati boshqarmasi

Narxlar statistikasi boshqarmasi, Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi

Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi

4.

Toshkent viloyati statistika organlarida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari hamda topshiriqlari bilan soha oldiga yuklatilgan vazifalar ijrosi holati va bu borada faoliyat samaradorligini oshirish yuzasidan rahbarlarning asosiy vazifalari to`g`risida.

(ochiq sayyor hay`at yig`ilishi)

2019 yil
may

A.Ikramov,

X.Juraev

Statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat ko`rsatish boshqarmasi,

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomi nazorati boshqarmasi,
Toshkent viloyati
statistika boshqarmas

 

Izoh: 1.

Hay`at  yig`ilishlarida, tizimli asosda hududiy va tarkibiy  statistika  organlari  rahbarlarining o`z zimmalariga yuklangan vazifalarning bajarilishi holati yuzasidan hisobotlari eshitib boriladi.

 

2.

2019 yil I yarim yillik davomida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosi yuzasidan hamda davlat statistika sohasi faoliyati bilan bog`liq maxsus Hay`at yig`ilishlari tashkil etilishi mumkin.

25.01.2019

Hay'at yig'ilashi kun tartibi

02.11.2018

Hay'at yig'ilashi kun tartibi

20.07.2018

Hay'at yig'ilashi kun tartibi
18.05.2018 Hay'at yig'ilashi kun tartibi
19.01.2018 Hay'at yig'ilashi kun tartibi
25.11.2017 Hay'at yig'ilashi kun tartibi
18.11.2017 Hay'at yig'ilashi kun tartibi
20.10.2017 Hay'at yig'ilashi kun tartibi
14.07.2017  Hay'at yig'ilashi kun tartibi 
21.04.2017 Hay'at yig'ilashi kun tartibi
31.01.2017 Hay'at yig'ilashi kun tartibi

 


 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Tugmani bosing Tinglash